"Atletiko" Alvaresni faqat katta mablag‘ evaziga Angliyaga qo‘yib yuborishi mumkin

  • Mr.NoBoDy16.03.2026 15:52
  • 12
  • 30

Madridning "Atletiko" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni "Barselona"ga sotish niyatida emas. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "matraschilar" hujumchini "Barselona"ga qo‘yib yubormoqchi emas, biroq klub Angliya grandlaridan 100 million yevrodan ortiq taklif tushsa, buni ko‘rib chiqishi mumkin. Mish-mishlarga qaraganda, hujumchining xizmatlariga "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli Alvares barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etdi, 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Alvaresning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar