
«Barselona» sport direktori Deku vinger Markus Reshfordning kelajagi haqida gapirdi.
Angliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»dan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olingan. Bir necha bor xabar berilganidek, «ko‘k-anorranglilar» 28 yoshli futbolchining transferini to‘liq sotib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq talab qilinayotgan 30 million yevroni to‘lash niyatida emas.
«Bizda Reshfordning vaziyati bo‘yicha aniq tasavvur bor va uni olib qolish uchun nima kerakligini bilamiz. Hammasi moliyaviy feyr-pley qoidalariga, bizning ustuvor rejalarimizga, natijalarga va murabbiyning talablariga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q, chunki buning uchun hali vaqt kelmadi», — dedi Deku.
Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Barselona»ning «Sevilya»ga qarshi o‘yinida (5:2) Markus Reshford zaxira o‘rindig‘ida qoldi.