«Arsenal»dan ketgan iqtidor egasining yangi klubi aniq bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy16.03.2026 13:39
  • 15
  • 30

«Fulxem» yaqin vaqt ichida Londonning «Arsenal» klubi tarbiyalanuvchisi Den Keysi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va ikki yillik dastlabki shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. 18 yoshli o‘yinchi «Fulxem»dagi faoliyatini klubning 21 yoshgacha bo‘lgan (U21) jamoasida boshlaydi.

Hujumkor yarim himoyachi o‘tgan yozda boshqa variantlarni ko‘rib chiqish maqsadida professional shartnoma imzolashdan bosh tortib, «Arsenal»ni tark etgan edi. Avvaliga uning «Kristal Pelas»ga o‘tishi amalga oshmadi, keyinchalik u «Manchester Siti» va «Feyenoord» klublarida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Keysi 7 yoshida «Arsenal» akademiyasiga qo‘shilgan va o‘tgan mavsumda klubning 18 yoshgacha bo‘lgan jamoasida porlagan edi — u 21 uchrashuvda 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u U19 va U21 jamoalarida ham to‘p surgan hamda Mikel Arteta qo‘l ostida asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.

Keysi Londonda tug‘ilgan bo‘lsa-da, Italiya terma jamoasida o‘ynash huquqiga ham ega. Futbolchi «Fulxem»ga moslashib olgach, Italiya yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar