"MYU" Ederson uchun katta chegirma oldi

  • Mr.NoBoDy16.03.2026 13:00
  • 33
  • 30

«Atalanta» yarim himoyachisi Ederson kelayotgan yozda «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

«Qizil iblislar» bir necha yildan beri braziliyalik futbolchiga da’vogar sifatida ko‘riladi, biroq shu paytgacha ish aniq muzokaralargacha yetib bormagan edi. Tuttomercatoweb ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya grandi «Atalanta»ning futbolchini ikki baravar arzonroqqa — 60 million yevro o‘rniga 30 million yevroga sotishga tayyorligini bilgach, 26 yoshli o‘yinchiga yana qiziqish bildirgan. Bunday katta chegirma yarim himoyachining shartnomasi kelgusi yilning o‘rtalarida nihoyasiga yetishi bilan bog‘liq.

Transfermarkt portali Edersonning qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Avvalroq futbolchining Madridning «Atletiko» klubi bilan dastlabki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar