
Hozirda ijara asosida «Reyndjers» sharafini himoya qilayotgan «Bornmut» qanot himoyachisi Maks Aarons yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga «Feyenoord» va «Vulverxempton» klublari qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar yaqin vaqt ichida «Bornmut» bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Shuningdek, «Portu» ham Aaronsga nisbatan katta qiziqish ko‘rsatmoqda.
Joriy mavsumda himoyachi «Reyndjers» safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi.
Nufuzli Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati to‘rt million yevroni tashkil qiladi.