
Krishtianu Ronaldu rasman Braziliyaning «Koritiba» klubi futbolchisiga aylandi. Gap mashhur portugaliyalik hujumchining adashi haqida ketmoqda. Endilikda ushbu o‘smir Braziliya klubining akademiyasida to‘p suradi. Bunga qadar yosh iqtidor sohibi «Andrirayense» jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
«Krishtianu Ronaldu o‘zining futbol yo‘lida yana bir katta qadamni tashladi. Safimizda shunday iqtidorlar yetishib chiqayotganidan faxrlanamiz. Krishtianu Ronaldu, sizga faoliyatingizning ushbu yangi bosqichida omad tilaymiz. Oldinda sizni katta zafarlar kutib qolishiga umid qilamiz», — deyiladi Krishtianu Ronaldu «Koritiba»ga yo‘l olgan sobiq klubi — «Andrirayense»ning rasmiy bayonotida.