«Real», «Bavariya» va «Liverpul»: Nemis futbolchisi tanlov qilishi kerak

  • Mr.NoBoDy13.03.2026 13:52
  • 9
  • 30

Germaniyaning «Shtutgart» klubi yarim himoyachisi Andjelo Shtiller Yevropaning bir qator top-klublari qiziqishlari doirasida turibdi, deb xabar bermoqda «Wettfreunde» jurnalistlari.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli germaniyalik xavbekni Madridning «Real», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va Myunxenning «Bavariya» klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Shuningdek, Turkiya grandlari — «Fenerbaxche» va «Beshiktosh» tomonidan ham qiziqish mavjud.

Shtillerning «shvablar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Uning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.

Bundesliganing joriy mavsumida Andjelo 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar