
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga joriy mavsum yakunida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.
«Eduardo «daxlsiz» maqomiga ega emas. Unga qiziqish bildirayotgan ingliz klublari bor. Madridliklar hozircha futbolchi uchun aniq narx belgilashmagan, biroq uni 50 million yevrodan arzonga sotishlari dargumon», — deya jurnalistning so‘zlarini keltirmoqda «Marca» gazetasi.
La Liganing joriy mavsumida Kamavinga 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.
Yarim himoyachining «qaymoqranglilar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. «Transfermarkt» uning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.