Alvaresning «Barselona»ga transferi nega amalga oshmaydi?

  • Mr.NoBoDy13.03.2026 12:13
  • 12
  • 30

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares kelayotgan yozda «Barselona»ga o‘tishi amrimahol.

Turli manbalar «ko‘k-anorranglilar»ning argentinalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi hamon saqlanib qolayotgani haqida muntazam xabar berayotgan bo‘lsa-da, bu transferning amalga oshish ehtimoli juda past. EspanaNet nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «matraschilar» yaqin kelajakda hujumchini kataloniyaliklarga sotishmaydi, chunki oxirgi vaqtlarda klublar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Madridliklarning sport direktori lavozimini Mateu Alemani egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, «Barsa» rahbari Joan Laporta 2023 yilda Alemanining o‘rniga Dekuni tayinlagan edi.

Transfermarkt portali Xulian Alvaresni 100 mln yevroga baholagan. 26 yoshli futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar