
«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Rojer Torelloning ma’lumotlariga ko‘ra, anchadan beri «Barselona» xorvatiyalik futbolchini kuzatib kelmoqda. Kataloniya klubi yozgi transfer oynasi oldidan 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Yoshko Gvardiol 2023 yilda «RB Leypsig»dan «Manchester Siti»ga 90 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali xorvatning transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda. Hozirda Gvardiol boldir suyagining sinishi jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda.