"Man Siti" supertransfer amalga oshirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy12.03.2026 19:39
  • 24
  • 30

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Diario Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining agenti Mussa Sissoko «Manchester Siti» sport direktori bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar fransuz futbolchisining ehtimoliy transferini muhokama qilishgan. Dembelening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan, biroq bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ancha qiyin kechmoqda. Tomonlar haligacha o‘zaro kelishuvga erisha olishmayapti.

Usman Dembele 2023 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar