"Liverpul" Alisson bo‘yicha qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy11.03.2026 20:39
  • 30
  • 30

"Liverpul" darvozaboni Alissonga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, ingliz klubi braziliyalik futbolchini o‘z safida saqlab qolmoqchi.

Transfer News Live nashrining jurnalist Franko Leonettiga tayanib xabar berishicha, "Liverpul" Alissonning amaldagi shartnomasi yakuniga qadar jamoada qolishini istaydi. "Qizillar" darvozabonning yozgi transferiga ruxsat berishni rejalashtirmayapti.

Alissonning "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan. Braziliyalik posbon mersisaydliklar safida 330 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 304 ta to‘p olib chiqqan.

Nufuzli Transfermarkt portali 33 yoshli Alissonni 17 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar