Bruno Fernandesh “Arsenal”ga o‘tishi mumkin

  • Mr.NoBoDy11.03.2026 20:00
  • 42
  • 30

Brunu Fernandesh 2027 yil yozda “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida “Arsenal”ga qo‘shilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Britaniyaning TopSkills Sport nashri xabar berdi.

U “kanonirlar”ni hozirgi vaqtda o‘zi uchun eng ma’qul yo‘nalish deb hisoblamoqda. Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Bavariya” ham kurashga kirishgan.

Futbolchiga yaqin manbalarning xabar berishicha, u Mikel Arteta va “Arsenal” rahbariyati bilan allaqachon muzokaralar o‘tkazgan.

Martin Edegorning klubni tark etishi 100 foiz aniq bo‘lib ulgurgan bir paytda, Brunu maydon markazidagi kreativ bo‘shliqni to‘ldirish uchun eng munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Biroq klub rahbariyati o‘z yetakchisining transferidan kamida 100 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Agar xaridorlar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istasa, ushbu summani to‘liq to‘lashi lozim bo‘ladi.

Brunu Fernandesh 2020 yilda Lissabonning “Sporting” klubidan 65 million yevro evaziga Angliyaga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida jami 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar