"Liverpul" Laminga qiziqib qoldi

  • Mr.NoBoDy11.03.2026 17:26
  • 33
  • 30

"Monako" klubining 22 yoshli senegallik yarim himoyachisi Lamin Kamara yozgi transfer oynasi arafasida "Liverpul" e’tibor markazida turibdi. Bu haqda futbol insayderi Ekrem Konur yozmoqda.

Jurnalistning qayd etishicha, ingliz klubi skautlari Kamaraning Liga 1 dagi chiqishlaridan ijobiy taassurot olishgan. Shu sababli, ular futbolchi "Liverpul"ning yarim himoyadagi o‘yinini kuchaytirishga yordam bera oladi, deb hisoblashmoqda.

Lamin Kamara 2024 yilda "Mes"dan o‘tganidan beri "Monako" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda yarim himoyachi klub safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar