«Barsa»ning hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan yangi variant nomi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy05.03.2026 12:26
  • 66
  • 30

«Xoffenxaym» markaziy hujumchisi Fisnik Asllani faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Kosovo terma jamoasining 23 yoshli hujumchisiga qiziqish bildirishmoqda. Ta’kidlanishicha, boshqa Yevropa klublari ham Asllanini kuzatib borishmoqda, biroq futbolchining o‘zi aynan «Barselona»ga o‘tishni orzu qiladi. O‘yinchining shartnomasida 30 million yevro miqdorida tovon puli belgilangani alohida qayd etilgan.

Joriy mavsumda Asllani barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 25 ta o‘yinda ishtirok etdi, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Asllanining «Xoffenxaym» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar