"Chelsi" argentinalik futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • Mr.NoBoDy14.02.2026 18:26
  • 39
  • 30

"Chelsi" klubi "Bornmut" himoyachisi Markos Senesiga qiziqish bildirmoqda.

O‘yinchining mehnat shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Agar Senesi yangi kelishuvga qo‘l qo‘ymasa, yozda erkin agentga aylanadi. Bunday holatda himoyachi istalgan jamoaga bepul o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, "Bornmut" futbolchisiga "Barselona", "Yuventus", "Everton", "Kristal Pelas" va "Brayton" klublari ham da’vogarlik qilmoqda. "Transfermarkt" o‘yinchining qiymatini 22 million yevroga baholagan.

Markos Senesi "Bornmut" safida jami 116 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularda himoyachi oltita gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar