Beshta klub "Barselona" hujumchisi Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy13.02.2026 16:13
  • 33
  • 30

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunida boshqa klubga o‘tishi mumkin.

«Mundo Deportivo» jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, tajribali polshalik to‘purarning xizmatlariga Madridning «Atletiko», Istanbulning «Fenerbahche», «Milan», «Chikago Fayr» klublari va Saudiya Arabistoni chempionatining nomi oshkor etilmagan jamoasi qiziqish bildirmoqda.

37 yoshli bombardirning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida nihoyasiga yetadi. «Transfermarkt» portali Levandovskining bozor qiymatini 9 million yevroga baholamoqda.

Robert 2022 yilning iyul oyidan beri Kataloniya grandi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar