iks
ads

Fabio Kannavaro jurnalistlarga: "Balansni ushlanglar, iltimos. Yana nimadan norozisiz? Ertaga hatto sizni ham terma jamoaga chaqirishim mumkin. Futbol o'ynashni bilasizmi?"

  • Mr.NoBoDy 23.09.2026 20:16
  • 1226
  • 30

Fabio Kannavaro Eronga qarshi o'yindan oldin terma jamoaning yangi tarkibi, Argentinaga qarshi o'yin va jurnalistlarning norozichiligi haqida gapirdi.

Murabbiy: Xayrli tong. Osiyo Kubogidan keyin siz juda kuchli jamoaga qarshi o'ynayapsiz. Men bu savolni Federatsiyaga beryapman, chunki biz har doim kuchli jamoalarga qarshi o'ynashga harakat qilishimiz kerak, futbolchilarimiz shunday qiyinchiliklarga duch kelishi zarur. Eron terma jamoasini tanishtirib o'tishning hojati yo'q, hamma biladiki, bu top darajadagi futbolchilari va katta tajribaga ega bo'lgan Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. O'ylaymanki, ularga qarshi o'ynash biz uchun juda foydali bo'ladi.

Eldor Shomurodov: Hamma narsa gapirib o'tildi, milliy terma jamoadagi uzoq tanaffus va katta o'zgarishlardan keyin bu juda yaxshi imkoniyat bo'ladi. Ertangi o'yin kuchli jamoaga, Osiyoning eng kuchlilaridan biriga qarshi kechadi va bu bizga o'zimizning zaif tomonlarimizni ko'rsatib beradi. Bunday o'rtoqlik uchrashuvlari juda foydali. Yaxshi o'yin ko'rsatib, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

DSC_5800.jpg



Jurnalist: Assalomu alaykum, Samandar Shokirov, Championat.Asia sayti. Jamoadagi o'zgarishlarni ko'ryapmiz, bu yaxshi. Lekin Jahon chempionati ortda qoldi, keyingi rasmiy o'yinlargacha sizdan o'rtoqlik uchrashuvlarida natija talab qilinmaydi. Biroq Osiyo Kubogida milliy terma jamoadan chempionlikni kutyapmiz. Rahbariyat ham sizga shunday vazifa qo'ygan. Mening savolim shunday: agar Fabio Kannavaro Osiyo Kubogida qoniqarli natijaga erishmasa, milliy terma jamoadan iste'foga chiqadimi?


Murabbiy: Biz bu yerda ertangi o'yin haqida gaplashyapmiz!

Jurnalist: Ikkalangizga ham savolim bor. Yil boshida Argentina terma jamoasi Toshkentda o'ynashi haqida ko'p gap-so'zlar bo'ldi. Bu qanchalik haqiqat edi? Va shu kunlarda ikkinchi raqib sifatida Suriya tanlandi. Suriya O'zbekiston uchun qanchalik jiddiy raqib hisoblanadi?


Murabbiy: Ha, Argentinaga qarshi o'ynashga harakat qilganimiz haqiqat. Afsuski, Argentina Federatsiyasi so'nggi 3 hafta ichida Messining xayrlashuv uchrashuvini o'tkazishga qaror qildi, shuning uchun biz Suriyani topdik. Albatta, Suriyaga qarshi o'ynash har doim qiyin, chunki biz ularni bilamiz. Bu yaxshi jamoa. Albatta, barcha hurmatni saqlagan holda, bu Argentina emasligini bilamiz, lekin biz boshqa kuchli terma jamoa bilan ham yaxshi o'yin ko'rsatish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Afsuski, biz Suriya bilan o'ynaymiz.

Eldor Shomurodov: Murabbiy hamma narsani aytib o'tdi.

Jurnalist: Jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz munosabati bilan, ishtirok etgan bazi futbolchilar uchun milliy terma jamoa eshiklari yopildimi? Yoki Osiyo Kubogigacha ularni yana ko'ramizmi?


Murabbiy: Eshiklar hamma uchun ochiq! Jahon chempionatidan keyin ko'plab o'yinchilar - kimdir klubsiz, kimdir o'yin amaliyotisiz qoldi, kimdir jarohat olgan. Shuning uchun milliy terma jamoaga kelish uchun boshqa birovga imkoniyat berish oddiy holat deb o'ylayman. Ishonamanki, milliy terma jamoa har bir o'yinchi uchun ochiq. Biz hammani kuzatyapmiz, ko'plab o'yinlarni ko'rib boramiz, iloji bo'lganda mashg'ulotlarni ham tomosha qilamiz. Va hozir barcha futbolchilarni bilamiz. Albatta, biz hammaga imkoniyat beryapmiz.

Jurnalist: Xayrli kun. Muhammad Hakimov haqida. Siz yosh futbolchini birinchi marta chaqirdingiz. Bu yosh yigitni va uning milliy terma jamoadagi to'g'ri rivojlanishini qanday ko'ryapsiz?


Murabbiy: Men bu yosh futbolchini chaqirdim, u Jahon chempionatidan oldin ham... O'ylaymanki, u maydonda qo'rqmaydigan, yaxshi xarakterga va shaxsiyatga ega yosh yigit. U biz uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan futbolchilardan biri. G'oya shundan iboratki, ularni o'ynatish, ularga maydonga tushish uchun imkoniyat berish kerak. Men uchun bu yerda yosh yoki qari futbolchi yo'q, milliy terma jamoa o'yinchilari bor. Shuning uchun, agar yigitda etarli sifat va istiqbol bo'lsa, agar faxriy futbolchi yaxshi o'ynayotgan bo'lsa - u o'ynaydi!

Jurnalist: Terma jamoaga chaqirgan futbolchilaringizni aynan qandaydir kriteriya tufayli tanlaysizmi? Mundialdan oldin jarohatlangan futbolchilar chaqirildi. Endi esa juda ko'p yoshlar, buning sababi nimada? Siz ro'yxatni qaysi kriteriyalar tufayli tuzasiz? Masalan so'nggi xorijlik murabbiy kriteriyalarini ochiqchasiga aytgandi. Jamshid Iskanderovni nega chaqirmadingiz degan savolga, menga gavdasi yirik futbolchilar kerak, deb ochiqchasiga aytgandi.


Murabbiy: Futbolchilar tanloviga kelsak, men ertalab turib qandaydir futbolchilarni tanlab ketmayman. Har doim iqtidorli, terma jamoaga yordam bera oladigan futbolchilarni chaqiramiz. Chempionatda yaxshi o'yin o'tkazayotgan futbolchilarni jalb qilamiz. Jamoaga yordam beradigan yigitlar shu yerda. Biz barchani kuzatib boramiz. Qaysidir futbolchi chaqirilmasa demak sababi bor.

Jurnalist: Janob, siz Superligada yaxshi o'ynayotgan yigitlarni terma jamoaga chaqiramiz va ligani kuzatib boramiz dedingiz. Vladimir Nazarov ajoyib darvozabon, ammo u so'nggi vaqtlarda "Paxtakor" U21 jamoasida o'ynadi. Siz "Paxtakor"ning o'rinbosarlar jamoasining o'yinini kuzatganingizga ishonmayman. U faqatgina "Al Ahli"ga qarshi o'ynadi. Nazarovni nima sabab uchun chaqirdingiz? Masalan, Rizaqulov ham nega chaqirildi degan savol bor?


Murabbiy: Chunki u yaxshi pas bera oladi. U bizga yaxshi pas bera olish qobiliyati orqali foyda keltiradi. Sababi juda oddiy (kuladi). Biz nima qilsak ham doim qandaydir muammo bo'ladi... Futbol shunisi bilan ham qiziq. Hamma har xil fikrlaydi va turli xil nazarga ega. Agar sizda ham yaxshi jihatlarni ko'rsam, men ertaga sizni terma jamoaga chaqiraman. Siz futbol o'ynashni bilasizmi? Agar, bizga foyda keltirsangiz sizni ham chaqiraman.

Murabbiy (davom etadi): Agar terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilar ro'yxatiga qarasangiz, bor-yo'g'i 1 yoki 2ta futbolchi JCHdan beri stabil yaxshi o'ynab kelmoqda. To'g'rimi?

Jurnalist: Ha.


Murabbiy: Siz Superligani kuzatasiz. Men ham Ligani kuzataman. Fikrimiz bir joydan chiqdi. Stabil o'ynay olmaganlar bor. Jarohat olganlar bor. Men terma jamoaga kelajakda yordam berishi mumkin bo'lganlarni chaqirdim. Xo'sh, muammo nimada? Nimadan norozisiz? Oldingi murabbiy faqat 22-23 ta o'yinchiga e'tibor qaratgan edi va sizlar u faqat shuncha futbolchiga tayanayotganidan shikoyat qilar edingiz. Endi biz barchaga eshiklarni ochganimizda yana muammo paydo bo'ldi... Balansni ushlanglar, iltimos!

Jurnalist: To'g'ri janob, ammo bunday holatda hozirgi kunda yaxshi o'ynab turgan o'yinchilarga nisbatan biroz adolatsizlik bo'lgandek...


Murabbiy: Kimga nisbatan? Kim sizning nazaringizda hozir yaxshi o'ynayapti?

Jurnalist: Muhiddinov, Aliboev va....


Murabbiy: Siz bitta o'yinni ko'rib gapiryapsiz....

Jurnalist: Janob, sizning futboldagi tajribangiz va mening futbolda ko'rganlarim bilan farq juda katta.


Murabbiy: Yo'q, hammamiz xato qilamiz to'g'ri. Kecha siz menga "revolyuciya" bo'lyapti dedingiz. Buning nimasi "revolyuciya"? Siz uchun bu "revolyuciya"dir, men uchun esa yoshlarga imkoniyat berish. Men yaxshi o'ynagan yigitlarga o'z kuchini terma jamoada ko'rsatishga imkoniyat berishga qaror qildim. Ikkimizning fikrlashimiz har xil, siz meni hurmat qiling. Men sizni hurmat qilaman.

DSC_2969 (1).jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar