
Iyul oyi oxirida FIFAning Jahon chempionati huquqlarini sotish uchun yangi tijorat tuzilmasi bo'lmish FIFA Forward Enterprise (FFE) tashkil etish rejalari ma'lum bo'lgan edi. Keyinchalik tashkilot rahbari Infantino futbol konfederatsiyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar va UEFAga a'zo mamlakatlar tomonidan JCHga boykot e'lon qilish tahdidi fonida bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi.
"Bu o'yinning go'zalligi va ananalari barchamizni uning xizmatkoriga aylantiradi. U futbol o'ynaydigan, uni tomosha qiladigan va hayotini unga bag'ishlaydigan insonlarga tegishli. Birlashish - futbol chorlovlariga qarshi turish va o'sishning yagona yo'lidir.
Ammo hamma ham o'yinni o'z ambiciyalaridan ustun qo'ymaydi. Sport turimizga bo'lgan ishonch uchta ustunga tayanadi - jipslik, shaffoflik va saralanganlar emas, balki ko'pchilik manfaatlariga xizmat qiladigan boshqaruv. Oxirgi vaqtlarda ushbu qadriyatlarni himoya qilishga qasam ichgan insonlar tomonidan bu narsalar e'tiborsiz qoldirildi. Dunyo futbolining jipsligiga putur etkazgan loyiha bekor qilingandir, ammo yo'qotilgan ishonch hali qayta tiklanmadi va hozirda vazifamiz - uni qaytarib olishdir.
Futbol sotilmaydi. UEFA yillar davomida ushbu g'oyani etkazib kelmoqda va ishonamanki, bu sammitda biz yanada ilgarilaymiz", - dedi Cheferin Portugaliya futbol sammiti uchun yo'llagan videomurojaatida.