
30 iyunda yakunlangan oxirgi hisobot davrida MYU 677,6 mln funt ishlab topdi va o'tgan yilgi rekordini (666,5 mln funt) yangiladi. E'tiborlisi, o'tgan mavsumda mankunianliklar evrokuboklarda ishtirok etishmagan edi, 2024/25 yilgi mavsumda esa jamoa Yevropa Ligasi finaligacha yetib borgan.
Operacion foyda 22,6 mln funtni tashkil etdi - vaholanki, o'tgan yili klub 18,4 mln funt sterling miqdorida zarar ko'rgan edi. Ushbu ko'rsatkichning yaxshilanishiga operacion xarajatlar va xodimlar sonini qisqartirish, shuningdek, APLda jamoa natijalarining yaxshilanishi evaziga erishildi.
To'g'rilangan EBITDA ko'rsatkichi (foizlar, soliqlar, eskirish va amortizaciya chegirilgunga qadar olingan foyda) bir yilda rekord darajadagi 216,4 mln funtga etdi - bu oldingi hisobot davriga nisbatan 18,4 foizga ko'p. Shu bilan birga, MYUning bir yillik sof zarari 43 mln funtni tashkil etdi - oldingi moliyaviy yilni klub 33 mln funt zarar bilan yakunlagan edi.
Prognozlarga ko'ra, keyingi hisobot davrida MYU tushumi 740 mln dan 760 million funtgacha, to'g'rilangan EBITDA ko'rsatkichi esa 205 mln dan 225 mln funtgachani tashkil etadi.