
"Albatta, natijadan mamnunman. Bu yerda o'ynash va 3 ochkoni qo'lga kiritish juda qiyin ekanini bilaman. O'yin boshida, dastlabki 20 daqiqada darajamiz o'yin suratiga mos kelmagani yaqqol ko'rindi. Biz uchun oson bo'lmadi, garchi birinchi bo'lim oxirini ancha yaxshiroq o'tkazgan bo'lsak ham. Bahsning ikkinchi yarmida esa ancha ishonchli harakat qildik.
"Bornmut" futbolchilari charchay boshlagach, o'yin nazoratini ancha yaxshiroq qo'lga oldik. Hatto g'olib masalasini butunlay hal qilish uchun vaziyatlarimiz ham bo'ldi, ammo ikkinchi golni ura olmadik. Biroq o'yinning boshlanish pallasida yakkakurashlar va qaytgan to'plar uchun kurashda mag'lub bo'layotgandik, raqib bunday shiddat bilan o'ynayotganda esa o'sha darajaga mos bo'lish talab etiladi", – deya Iraolaning so'zlarini keltiradi “Sky Sports”.
Uchrashuvdagi yagona golni 57-daqiqada "Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak urdi.
"Liverpul" 9 ochko to'plab, Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi, 3 ochkosi bor "Bornmut" esa 17-pog'onadan joy olgan.