
Uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasining gollariga 35-daqiqada Diyoraxon Habibullaeva hamda penaltidan Maftuna Shoyimova mualliflik qildi. Gonkongliklar safida esa Chang Chung 55-daqiqada yagona javob to'pini kiritdi.
Ushbu natijadan so'ng O'zbekiston ayollar terma jamoasi guruhda 5 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egalladi va keyingi bosqichga yo'llanmani naqd qildi. Mazkur guruhda Xitoy 7 ochko bilan birinchi, Filippin esa 4 ochko bilan uchinchi o'rinni band etdi va ushbu uch jamoa ham pley-offga yo'l oldi. Gonkong terma jamoasi esa ochkosiz so'nggi pog'onada qolib, musobaqa bilan xayrlashdi.
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvni quyidagi asosiy tarkibda boshladi: M. Jonimqulova, N. Qudratova, I. Ablyakimova, D. Habibullaeva, M. Shoyimova, U. Zoirova, Z. Mamatkarimova, L. Karachik, M. Egamberdieva, L. Oraniyazova, S. Qo'chqorova.





