Valverde "Atletiko" bilan o'yinda jarohat oldi

  • Mr.NoBoDy 21.09.2026 13:48
  • 619
  • 30

"Real" sardori Federiko Valverde La Liganing 7-turi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahsda (1:2) jarohat oldi, deb xabar berdi "qaymoqranglilar" matbuot xizmati.

Uchrashuvdagi vaziyatlarning birida "matraschilar" hujumchisi Li Kan In 28 yoshli urugvaylik futbolchining to'pig'ini bosib oldi. Valverde o'yinni davom ettira oldi va final hushtagigacha maydonda harakat qildi.

2.jpg

“Real Madrid” tibbiy xizmati tomonidan o'tkazilgan tekshiruv natijalariga ko'ra, futbolchimiz Fede Valverdeda bugungi o'yinda olingan chap to'piqning jiddiy jarohati tashxisi qo'yildi. Yaqin soatlar ichida Valverde qo'shimcha tibbiy ko'riklardan o'tadi", - deyiladi "Real" matbuot xizmati bayonotida.

"Qaymoqranglilar" 15 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. 8-turda ular 10 oktyabr kuni "Vilyarreal"ga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar