La Liga. Madrid is red: "Real" mehmonda "Atletiko"ga mag'lub bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 20.09.2026 21:24
  • 515
  • 30

La Liganing 7-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi.

"Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 2:1

Gollar: 53 - Alexandro Grimaldo, 59 - Jonatan Devid, 89 - Antonio Ryudiger

“Atletiko Madrid”: 13. Yan Oblak, 14. Markos Lorente, 21. Kristian Romero (24. Roben Le Norman, 89’), 18. Mark Pubil (6. Koke, 46’), 17. David Gancko, 22. Alexandro Grimaldo, 5. Jonni Kardozo, 7. Li Kan In (23. Morten Yulmann, 89’), 10. Aleks Baena (11. Ademola Lukman, 67’), 15. Jonatan Devid (19. Xulian Alvares, 62’), 20. Juliano Simeone.

Zaxira: 1. Xuan Musso, 30. Dani Martines, 27. Xorxe Dominges, 3. Obed Vargas, 4. Rodrigo Mendosa, 46. Xorxe Kastilo, 16. Arnau Ortis.

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 16. Ibraima Konate, 4. Din Xyoysen, 17. Mark Kukurelya, 14. Orelen Chuameni (6. Eduardu Kamavinga, 71’), 24. Denzel Dyumfris, 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler (22. Antonio Ryudiger, 54’), 7. Vinisius Junior (25. Yan Diomande, 54’), 5. Jud Bellingem (20. Bernardu Silva, 82’), 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 2. Raul Asensio, 12. Trent Aleksander-Arnold, 18. Alvaro Karreras, 19. Karlos Espi, 27. Tyago Pitarch, 9. Endrik, 21. Braim Dias.

Ogohlantirishlar: 6 - Diego Simeone (“Atletiko” bosh murabbiyi, maydon chetida), 35 - Mark Pubil, 39 - Kristian Romero, 50 - Din Xyoysen, 78 - Jud Bellingem

Chetlatish: 52 - Din Xyoysen

90+6. O'yin yakunlandi.

90+3. “Real”ning bosimi oshdi, 10 kishi bo'lib “Atletiko”ni mixlab qo'ydi.

90+2. Kokening zarbasi aniq bo'ldi, to'pni Kurtua ushlab oldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Xulian Alvaresning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

gettyimages-2295701196-2048x2048.jpg

89. GOL! Ryudiger hisobni qisqartirdi! Bernarduning uzatmasidan so'ng to'pni Antonio bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

87. Oxirgi daqiqalar o'tib bormoqda. Ko'pchilik bu paytda “Real”dan hujum kutar edi, biroq hech narsa qila olmayapti jamoa.

77. Diomande juda qulay vaziyatdan kuchli zarba berdi, ammo Oblak to'pni qaytardi!

77. Alvaresning zarbasi kuchsiz chiqdi.

75. “Real” asta-sekin hujumlar tashkil qilmoqda, ammo natija bo'lmayapti.

66. Dahshat hujumlar! Avval Kurtuadan super seyv ko'rdik, qaytgan to'pga berilgan zarbani esa Konate qaytardi!

65. Grimaldoning zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.

64. “Real” xuddi hujum qilishni unutib qo'ygandik. Hatto Mbappe maydonning o'z jamoasi darvozasi joylashgan tomonida yuribdi.

60. “Real”ning holati yana qiyin bo'lib qolmoqda.

gettyimages-2295690761-2048x2048.jpg

59. GOL! Devid hisobni ikkitaga oshirdi! Julianoning o'ng qanotdan erlatib uzatgan to'pini Jonatan darvozaga joylab qo'ydi!

56. Li Kan Inning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Kurtua ushlab oldi.

54. Mourinyo darholt ikkita o'zgarishni amalga oshirdi.

54. Buyog'iga “Real” 10 kishi bo'lib, mag'lub holatda o'ynaydi.

gettyimages-2296244213-2048x2048.jpg

53. GOL! Grimaldo hisobni ochdi! Alexandro penaltini aniq amalga oshirdi!

52. Qizil kartochka Xyoysenga! Uning qo'polligi so'nggi umid foli, deb topildi.

51. Stop, holat VARda ko'rilmoqda. Qiziq buyog'i.

gettyimages-2296243375-2048x2048.jpg

50. Penalti, “Real” darvozasi tomon! Xyoysen raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

49. “Real” yaxshi qarshi hujum tashkil etgandi, biroq Judning havolatib uzatgan to'piga Gyuler zarba bera olmadi.

47. Baenadan aniq zarba, Kurtuadan ajoyib seyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. Gyulerning uzoqdan bergan kuchli zarbasidan so'ng Oblak to'pni urib yubordi!

39. Judga dastlab ko'rsatilgan sariq kartochka bekor qilinib, Romeroga ko'rsatildi.

38. Jud avval Romeroga, so'ng Romero Bellingemga nisbatan qo'pol o'ynadi. Holat VARda ko'rilmoqda.

35. Hozircha aytarli xavfli holat ko'rmadik o'yinda, yakkakurashlarga boy bahs bo'lyapti.

26. Navbatdagi zarba Vinisius ijrosida bo'ldi, ammo aniq bo'lmadi.

22. Julianodan zarba, bunisi o'ta noaniq ketdi.

21. Chuamenining uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

15. Julianoning havolatib uzatgan to'pini “Real” futbolchilari qiyinchilik bilan qaytarishdi.

7. Judga nisbatan qo'pollik ishlatildi. “Real” futbolchilari hakamdan raqib futbolchisiga sariq kartochka berishni so'ramoqda.

6. Qoyil, Diego Simeone 6-daqiqadanoq sariq kartochka oldi. O'ta qattiq etirozlari sabab.

5. Dastlabki daqiqalardan kurashga boy o'yin ko'rmoqdamiz, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liganing 7-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv – "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar