Simeone Mourinyuning gaplariga javob qaytardi: "Hakamlarga bo'lgan hurmatni yo'qotmaslik kerak"

  • Mr.NoBoDy 20.09.2026 22:40
  • 239
  • 30

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 7-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi kechgan o'yindagi (2:1) g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda o'yinni yaxshi nazorat qildik, ammo xavfli vaziyatlar deyarli bo'lmadi. Uchrashuv oqimini o'zgartirib yuboradigan vaziyatlar bo'ladi - Juliano ishtirokidagi holat va penalti aynan shunday bo'ldi. Maydonda son jihatdan ustunlikka ega bo'lganimizda raqibga muammo tug'dirishimiz mumkin bo'lgan imkoniyatlardan foydalandik. Shunday vaziyatlardan birida Devid gol urdi, keyin esa ular o'zlarining xavfli hujumlaridan birida hisobdagi farqni qisqartirishdi.

[Mourinyuning so'zlari bo'yicha] izoh beradigan hech narsa yo'q. Bu o'yinning bir qismi. Bazida vaziyatlar sening foydangga ishlaydi, bazida esa aksincha. Hakamlarga bo'lgan hurmatni yo'qotmaslik kerak. Isming Mourinyu bo'lsa ham, hamma narsaga ruxsat berilgan emas", - dedi "Atletiko" bosh murabbiyi DAZN efirida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar