"Manchester Yunayted" "Fulxem"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

  • Mr.NoBoDy 20.09.2026 22:32
  • 264
  • 30

Angliya Premer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 5-turidan o'rin olgan Londonning "Fulxem" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

O'yin Londondagi "Kreyven Kottedj" stadionida bo'lib o'tdi. Bahsni mersisaydlik Piter Benks boshqarib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

63-daqiqada "Manchester Yunayted"ning argentinalik himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 89-daqiqada esa MYU hujumchisi Mateus Kunya muvozanatni tikladi.

"Fulxem" - "Manchester Yunayted" 1:1
Gollar:
Lisandro Martines 63 (avtogol) - Mateus Kunya 89

"Fulxem" joriy mavsumdagi ikkinchi ochkosini qo'lga kiritdi va turnir jadvalida so'nggidan oldingi - 19-o'rinni egallab turibdi. "Manchester Yunayted" esa beshta o'yinda besh ochko jamg'arib, 12-pog'onada joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar