
Uchrashuv Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda Migel Anxel Ortis Arias bosh hakam sifatida ishladi.
"Bu hakamda derbini boshqarish tajribasi yo'q edi. U 41 yoshda. U faqat ikkinchi darajali o'yinlarni boshqargan. Hakamlar qo'mitasini ushbu tayinlov bilan tabriklayman. Ammo janob Truxiloda (VAR hakami) 'Real' o'yinlarida ishlash tajribasi bor. Kubokda, “Jirona” va “Osasuna” bilan o'yinlarda ishlagan. U boy tajribaga ega", - dedi Mourinyu Marca nashriga.
Ettita o'yindan so'ng "Atletiko" 16 ochko to'plab, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Real" esa 15 ochko jamg'arib, to'rtinchi pog'onada joylashgan.
Keyingi turda "matraschilar" 10 oktyabr kuni "Alaves" bilan kuch sinashishadi, Joze Mourinyu shogirdlari esa shu kuni "Vilyarreal"ga qarshi maydonga tushishadi.