"Manchester Siti" - "Sanderlend" bahsida 8 ta gol urildi

  • Mr.NoBoDy 20.09.2026 20:24
  • 1715
  • 30

Angliya Premer-ligasining 5-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Sanderlend" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Manchestyerdagi "Etixad" stadionida kechgan bahsni Robert Djons boshqarib bordi. "Shaharliklar" 5:3 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ushbu bahsda O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldi. To'qqizinchi daqiqada "Siti"ning yangi a'zosi Enco Fernandes hisobni ochdi. 12-daqiqada "Sanderlend" hujumchisi Brayan Brobbi muvozanatni tikladi. 29-daqiqada fransiyalik Rayan Sherki vinger Antuan Semenoning uzatmasidan so'ng mezbonlarning ikkinchi golini urdi. 33-daqiqada Brobbi yana hisobni tenglashtirdi. 43-daqiqada Semenoning o'zi to'p kiritdi. 57-daqiqada Semeno dublini rasmiylashtirdi. 59-daqiqada Brobbi o'zining uchinchi golini urdi. 81-daqiqada "Siti"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

"Manchester Siti" - "Sanderlend" 5:3
Gollar: Enco Fernandes 9, Sherki 29, Semeno 43, 57, Xoland 81 - Brobbi 12, 33, 59.

"Manchester Siti" APL turnir jadvalida beshta turdan so'ng 15 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. "Sanderlend" hisobida to'rt ochko bor, jamoa 14-pog'onada joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar