Ro'ziqul Berdiev “Andijon” ustidan qozonilgan yirik g'alaba va taktik o'zgarishlar haqida: “Yigitlar katta mehnat qilishdi”

  • Mr.NoBoDy 20.09.2026 20:48
  • 1741
  • 30

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:4) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Ro'ziqul aka, g'alaba bilan tabriklaymiz. Dastlab o'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz... 
- Assalomu alaykum. O'yindan oldin bizda xavotir bor edi. Chunki yo'qotishlar ko'p edi, uzoq masofada o'ynab keldik, yo'l yurib keldik. Shunga qaramasdan, yigitlar maydonda juda katta mehnat qilishdi, o'yinda e'tiborli bo'lishdi. Diqqatat yo'qolmadi va himoyada juda yaxshi harakat qildik. Buning evaziga, o'ylaymanki, bugun g'alabaga erishdik. Bu biz uchun juda kerakli g'alaba edi. Shu bois yigitlarga katta rahmat aytaman va barcha "Nasaf" ishqibozlarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

- Bunyodkor bilan o'yinda 3 ta markaziy himoyachi va Umar Eshmurodov poydevorda o'ynagan edi. Bugun esa u markazga chiqarildi. Buning sababi nimada?
- Biz sxemamizda o'zgarishlar qilib turamiz. Bazi o'yinlarda uchta, bazilarida esa to'rtta himoyachi bilan o'ynaymiz. Bugungi o'yinda o'rtada yo'qotishlar borligi uchun - ikki Rahmatovlarning jarohati borligi, Sardor Bahromovning yo'qligi sababli... O'rtani kuchaytirish va himoyaga yaxshi e'tibor berish uchun Umarda bu poziciyada tajriba borligini hisobga olib, uni va Oybekni tayanch yarim himoyachisi sifatida qo'ydik. Ular vazifani yaxshi bajarishdi deb o'ylayman. Tarkibimizdan kelib chiqqan holda shunday qarorga keldik. Sharofning ham o'yindan oldin betob bo'lib qolishi rejamizga sal ta’sir qildi.

- Bugungi uchrashuvda zaxiradan tushgan yosh futbolchilarning o'yiniga munosabatingiz qanday?
- Biz bu yil yoshlarga ko'p e'tibor qildik. O'zlaringiz ko'ryapsizlar, beshtasi Olimpiya terma jamoasida. Hozir yana boshqalarini jalb qilyapmiz. Ular sekin-asta biz bilan mashg'ulotlarda bo'lib, shunday o'yinlarni ko'rib tajribasini oshirib borsa, bizga maqbul bo'ladi.

- Bugun yirik hisobdagi g'alaba kutilganmidi? Chunki "Nasaf" 4 yildan beri Andijonda g'alaba qozona olmayotgan edi.
- To'g'risi, bu hisobda yutishni o'ylamagan edik. Chunki xavotir bor edi: uzoq masofadan keyin qiyin o'yin o'tkazib kelganimiz, o'yinchilar yo'qotishi hamda "Andijon"ning o'z uyida keskin o'yin ko'rsatishi va tajribali futbolchilari borligi sabab. Shunga qaramay, bugun jamoam juda tartibli va aqlli harakat qildi. Bu g'alabaga munosib bo'ldik deb o'ylayman.

- Uchinchi golda darvozabon Ne'matov penaltini amalga oshirdi. Bu o'yindan oldingi ko'rsatmami yoki vaziyat shuni talab qildimi?
- Bizda Sharof penaltilarni amalga oshirardi. O'zi bu yil juda kam penalti tepdik. Lekin Abduvohidning tajribasi bor, jarima to'plarini ham amalga oshirgan, shuning uchun ishonib unga topshirdik va u ajoyib bajardi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar