
"So'g'diyona" - OKMK 1:2
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Adhamjon Rixsiboev
To'rtinchi hakam: Feruzbek Xidoyatov
VAR hakami: Abdurashid Xudoybeganov
AVAR hakami: Shoxruh Maqsudov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Kamissar: Oybek Davletmuratov
Gol: Filip Ivanovich 25, 1:0, Giorgi Papava 83, 1:1, Nodir Abdurazzoqov 87, 1:2
"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 6.Behruzbek Asqarov (7.Petar Michin, 46), 22.Abdulazizxon Abdurashidov (18.Igor Golban,71) 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 13.Filip Ivanovich, 10.Javohir Qahramonov (33.Shohjahon Sultonmurodov,65) 32.Nodirjon Soyibov, 8.Jamshid Boltaboev, 28.Samandarjon Mavlonqulov (19.Zabihillo O'rinboev, 46), 14.Lyupcho Doriev.
Zaxira: , 74.Bayram Nadjafaliev, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 9.Jenan Zaymovich, 77.Oybek Nurmatov, 2.Zoir Jo'raboev.
"OKMK": 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shahzod Toirov (44.Abror Karimov, 46), 6.Avazbek O'lmasaliev, 88.Siavash Haqnazariy (11.Ali Abdurahmonov, 74), 4.Mirjamol Qosimov (28.Arihiro Sentoku,46), 5.Giorgi Papava, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 74), 19.Ahmadullo Muqumjonov, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 17. Nodir Abdurazzoqov, 77.Ivan Peshich (10.Asadbek Sobirjonov, 46)
Zaxira: 21.Hazratjon Tursunqulov, 35.Javohir Ilyosov, 22.Saidafzalxon Ahrorov, , 28.Abror Sarimsoqov,
Ogohlantirish: Avazbek O'lmasaliev (OKMK) 62
Uchrashuv yakunlandi.
90+2. Sobirjonovning zarbasini Mitrovich qaytardi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
87. GOL. Sentokuning ajoyib uzatmasini Nodir Abdurazzoqov boshi bilan golga aylantirdi.
86. O'yindan tashqari holat yo'q, gol toza!
84. VAR vaziyatni ko'rmoqda, o'yindan tashqari holat bor yoki yo'q.
83. GOL. OKMK o'yinda hisobni tenglashtirdi. Bugun ko'proq oldingi chiziqda o'ynagan Papava raqib darvozasini ishg'ol qildi. Jarima zarbasidan so'ng himoyadagi palapartishlikdan Papava foydalanib ketdi. Sentoku jarima zarbasini ijro qilgandi.
81. Mirjalol Qosimovga sariq kartochka ko'rsatildi.
74. O'ZGARISH. OKMK, Haqnazariy o'rniga Abdurahmonov, Xolmurodov o'rnina Koyich tushdi.
71. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Abdulazizxon Abdurashidov o'rniga Igor Golban tushdi.
67. Mitrovichdan ajoyib seyv. Sobirjonovning uzatmasiga Papava boshi bilan zarba bergandi.
65. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Javohir Qahramonov o'rniga Shoxjaxon Sultonmurodov tushdi.
64. Petar Michinning kuchli zarbasini OKMK posboni qaytardi.
62. OGOHLANTIRISH. Avazbek O'lmasaliev, OKMK
62. Yana shunday vaziyat, bu safar Mitrovich to'pni ushlab oldi.
60. OKMK raqib darvozasi oldida keskinlik yaratdi. Himoyachilar qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. To'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi.
49. Vaziyat tekshirildi, penalti yo'q.
47. Papava jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Risqullaev penalti yo'qligini aytdi. Uchrashuvda VAR ishlamoqda.
46. O'ZGARISH. OKMK, Qosimov o'rniga Sentoku, Peshich o'rniga Sobirjonov, Toirov o'rniga Karimov tushdi.
46. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Behruz Asqarov o'rniga Petar Michin, Samandarjon Mavlonqulov o'rniga Zabihillo O'rinboev tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
39. To'p nazoratidagi ustunlik olmaliqliklarda.
31. O'yinda temp pasaydi. OKMKning yurishlari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda.
25. GOL. “So'g'diyona” stantadart vaziyatdan gol urdi. Filip Ivanovich boshi bilan OKMK darvozasini ishg'ol qildi. Burchakdan etkazib berilgan to'pni Ivanovich onson golga aylantirdi.
23. Dorievga OKMK futbolchilari imkoniyat qoldirmayapti….
18. ZARBA. Hamidullo Abdunabievdan chiroyli seyv ko'rdik.
17. OKMK o'yinda hisobni ochishi mumkin edi. Nodir Abdurazzoqov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
13. Xolmurodov yiqitilgandek ko'rindi. Jarima zarbasi belgilanmadi.
12. Jamshid Boltaboevning zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.
10. Milan Mitrovich OKMK futbolchisining birga bir vaziyatga chiqib borishiga yo'l qo'ymadi.
4. OKMKning dastlabki burchak zarbasi xavfli chiqdi. “So'g'diyona” himoyachilari bu borada yaxshiroq harakat qilishdi.
O'yinga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib keldi.