
"Birinchi bo'lim haqida gapirishni istamayman. Maydonda ustunlik qilganimizda ko'proq vaziyatlar yaratamiz va yaxshi o'ynaymiz. Ammo bir daqiqa davomida maydonda 10 kishi bo'lib turganimizda, nega birinchi golni o'tkazib yuborganimizni tushunishni xohlayman. Bunday vaziyatda kuchliroq bo'lish, ko'proq muloqot qilish va zichroq himoyalanish kerak edi.
Ikkinchi bo'limda gol urdik, ammo Kudus ofsaydda qolgan ekan. Bazi futbolchilar shijoatni yo'qotib qo'yishdimi-yo'qmi, bilmayman, lekin ikkinchi golni raqib darvozadan to'pni o'yinga kiritganidan so'ng o'tkazib yubordik - bu qabul qilib bo'lmaydigan holat", - dedi De Dzerbi.