
Avvalroq forvard "Barselona"ga o'tish istagini ma'lum qilgan, ammo Madrid klubi rahbariyati futbolchini principial raqib lageriga qo'yib yuborishni qatiyan rad etgan edi.
"Bu juda murakkab vaziyat. Chunki bu holat butun yoz davomida cho'zilmoqda va uni engib o'tish oson emas. Uning ketmoqchi ekanini eshitish - juda og'ir. Muxlis uchun bu xuddi orqadan pichoq urgandek gap. Jamoangning eng yaxshi futbolchisidan bunday gapni eshitish hech qachon yoqimli bo'lmagan. Men o'zimni Koke, boshqa futbolchilar va Simeone o'rniga qo'ymoqdaman: ular hali yosh bo'lgan futbolchini himoya qilish va asrash uchun matbuot anjumaniga chiqishga majbur bo'lishmoqda. Men uni yomon inson deb o'ylamayman, aslo; shunchaki unda boshqacha istaklar bo'lgan. Klub uni olib qolish orqali tavakkal qildi, endi esa biz u o'zini qulay his qilishi, mamnun bo'lishi va maydonda yaxshi o'yin ko'rsatishi haqida qayg'urishimiz kerak - muxlislar aynan shuni kutishmoqda", - dedi Godin RMC Sport nashriga.