
Bu haqda insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, BAA klubi forvardga qiziqish bildirgan va uni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan, ammo angliyaliklarni bitim shartlari qoniqtirmagan.
Risharlison 2022 yilning yozidan beri "Tottenxem"da to'p surib kelmoqda, uning shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. APLning joriy mavsumida u bitta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.