
La Liganing 7-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi o'yinda (3:1) ispaniyalik futbolchi Rafinyaga ikkita golli uzatma etkazib berdi. Shu tariqa, Yamal Ispaniya chempionatida 50 ta assist marrasiga etgan eng yosh o'yinchiga aylandi. U ushbu natijaga 19 yosh-u 68 kunligida erishdi.
Yamal "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda o'tkazgan 159 ta o'yinida o'z hisobiga 51 ta rezultativ uzatma yozib qo'ygan.
Bungacha mazkur rekord "Real" hujumchisi Vinisius Juniorga tegishli edi. Braziliyalik futbolchi 2023 yilning may oyida 22 yosh-u 298 kunligida madridliklar tarkibida 50 ta assist marrasini zabt etgan edi.