
"Al Hilol" Martinelli va Uotkinsni 125 mln evroga sotib olmoqda: Saudiya Arabistoni klubi "Arsenal" va "Aston Villa"dan ikki hujumchining o'tishi bo'yicha kelishuvga erishdi - tegishlicha 65 va 60 mln evroga
"Arsenal" Martinellini 2019 yilda 7 mln evroga sotib olgan edi: Braziliya terma jamoasi vingeri 278 ta o'yinda "62+36" ochko to'pladi va klub bilan APLda g'olib chiqdi.
Uotkins 2020 yildan beri "Aston Villa"da o'ynab kelayotgan edi: Angliya terma jamoasi hujumchisi 278 ta o'yinda "108+47" ochko to'pladi, klub bilan Yevropa Ligasida zafar quchdi va XXI asrda "Villa"ning eng yaxshi to'purariga aylandi.