
- Bu uchrashuvning oson o'tmasligini oldindan bilardik. Ayrim paytlarda raqiblar bizdan ustunlik qilishdi. Klubdagi bunday qiyin holatda ular o'z ishlarini yaxshi qilishayotganligi yaxshi holat. Klub bunday sifatli futbolchilarni saqlab qolishayotganligi yoqimli. Biroq ishlarning o'xshayotgani yoki o'xshamayotganini baholash juda og'ir. Hisobning 4:1 bo'lib ketganligi o'yinning darajasini ko'rsata olmaydi. "Bunyodkor"ning bunday qiyin holatda yaxshi kurash taklif qilganidan xursandman.
- O'tgan 3 o'yinda Nikita Shevchenko "Lokomotiv" darvozasini qo'riqladi. Bugungi uchrashuvda ham uni darvozaga qo'yishni o'ylab ko'rdingizmi?
- Nikitada ham o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun vaqt bo'lgani yaxshi holat. Biroq ayni damda Aleksey Kozlov - jamoaning asosiy darvozaboni. Hudo xohlasa zaxiradagi ikkala darvozabonimizga ham yil oxiriga qadar imkoniyat bermoqchimiz.

- Mavsum boshida "Lokomotiv" yoshi katta futbolchilarni tarkibiga qo'shib olganini muxlislar tanqid qilishgandi. Lekin hozir natijani shu futbolchilar qilib berishmoqda. Yoshi katta futbolchilarning jamoadagi o'rni qanday?
- Bu tajribali futbolchilarni, ularning sifatini biz avvaldan bilardik. Agarda jamoaga keladigan futbolchilarning nimalarga qodirligini, qanday xarakterga ega ekanligini bilsangiz, ular bilan nimalar qila olishingizni oldindan tasavvur qila olasiz. Tarkibimizga yaxshi futbolchilar, yaxshi insonlar kelishgan. Futbolchi bilan to'g'ri ishlasangiz, hech qanday munozaralar bo'lmaydi. Siz unga qanday mashg'ulot bersangiz, o'yinda shunday mevasini olasiz. Futbolchi o'zini professional tutib, har tomonlama o'ziga qarasa, 40 yoshgacha ham futbol o'ynay olishadi. Bu yigitlar o'zlarini professional kabi tutishmoqda. Yana bir zo'r tomoni shundaki, tarkibdagi yosh futbolchilar bu tajribali insonlardan ko'p narsalarni olishadi.
- "Lokomotiv" ayrim o'yinlarda 4 himoyachi, bazilarida esa 5 himoyachi bilan o'ynamoqda. Sizning o'yin uslubingiz qanday?
- Menga ikkalasi ham maqul. Murabbiylik faoliyatimning katta qismi 4 himoyachili uslub bilan o'tgan. Agarda faqatgina bir xil sxemada o'ynayversangiz boshqa murabbiylar sizni o'qib olishadi. Men buni ushbu mavsumda o'zgartirishga harakat qildim, biroq bu bizning o'yin uslubimizga mos emasligini aytishdi. Shu orqali 5 himoyachili uslubni olib tashladim. Biz yaxshi mehnat qilyapmiz va istalgan paytda sxemalarni o'zgartira olamiz. Umuman olganda bu tarkibdagi futbolchilarning sifatiga bog'liq. Masalan tarkibingizda Aleksandar Shushnyar kabi himoyachi bo'lsa, markaziy himoyaga katta kuch qo'shiladi va 4 himoyachili taktikada o'ynasa bo'ladi. Bu raqibning o'yin uslubiga, ularning qurayotgan jamoasiga, futbolchilarning sifatiga ham borib taqaladi.
- Ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urgan Jasur Yaxshiboev haqida nima deya olasiz?
- U xavfli futbolchi, o'zgacha sifatlari bor. Mashg'ulotlar davomida uni ochib borishga harakat qilyapmiz. Ayrim vaziyatlarda unga hech narsa kerak emasligi, o'zi holatlardan chiqib ketayotganligini ko'ryapmiz, bazi paytlarda esa muhim sifatlar yetishmayotgani sezilmoqda. Umumiy olib qarasak, u jamoaga katta yordam beryapti.
- Temurxo'ja Abduxoliqovning jamoa bilan bo'lishi qanchalik muhim?
- Hozir unga og'ir. Oilasi bilan ham bu borada gaplashdik. Endi sekinlik bilan bu holatdan chiqib ketish kerak. Biz bundan og'ir holatni tasavvur ham qila olmaymiz. Temurxo'jaga rahmat aytaman, u shu holatdan chiqib ketish uchun harakat qilmoqda. O'z navbatida biz ham unga yordam berish uchun qo'limizdan kelganini qilyapmiz. Ammo barchasi uning o'ziga bog'liq. Umid qilamanki, bundan keyin u oldingidek jamoaga yordam beradi.