
Insayder Djanluka Di Marcio o'zining rasmiy saytida xabar berishicha, "ko'klar" yosh futbolchining transferi ustida ishlamoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 40 mln evrodan oshadi. Muzokaralar yakuniy bosqichga etdi. Takidlanishicha, joriy transfer oynasida lateral Marko Palestra bo'yicha amalga oshirilgan bitimdan so'ng "Chelsi" va "Atalanta" o'rtasida yaxshi munosabatlar shakllangan.
Shu tariqa, Axanor joriy yozda "Atalanta"dan "Chelsi"ga o'tgan ikkinchi himoyachiga aylanishi mumkin. Palestra, avval xabar berilganidek, Angliya klubiga 57+3 mln evro hamda kelajakdagi har qanday qayta sotuvning 10 foizi evaziga o'tgan edi.