
Marca nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi o'yindan (2:2) keyingi ilk mashg'ulotni betobligi sababli o'tkazib yubordi. Umumiy guruhda, shuningdek, yakka tartibdagi dastur bo'yicha shug'ullanayotgan Kristian Romero va Ademola Lukman ham yo'q edi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati vaqtida Alvares "Atletiko"ni tark etish istagini oshkora bildirgan edi. Keyinroq Xulian klub rahbariyatiga "Barselona"ga o'tmoqchi ekanini ma'lum qilgan, shuningdek, hujumchiga "Arsenal" tomonidan ham qiziqish borligi ma'lum.