
Kecha "Barselona"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Niderlandiyada tanishtirildi. U 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydi.
Matbuot anjumanida Xavidan oldin KNVB texnik direktori Naydjel de Yong so'zga chiqdi. U ittifoqda bir nechta nomzodlar bo'lganini tushuntirdi, ulardan birinchisi - Pep Gvardiola, ikkinchisi - Arne Slot.
"Keyin biz darhol hozir yonimda o'tirgan Xaviga e'tibor qaratdik. Biz ambiciyalar, mazmun, o'yin uslubi va taktik xususiyatlarga asoslangan muhokamalarni o'tkazdik. Suhbatlar so'nggi to'rt hafta davomida bo'lib o'tdi.
Biz Xavi bilan uning Barselonadagi uyida bir necha bor gaplashdik, u shuningdek bu yerda, Niderlandiyada ham bo'ldi. Bizda uning futbol haqidagi qarashlari va o'yin uslubi bo'yicha yoqimli suhbatlar bo'lib o'tdi.
Xavi o'zini Niderlandiya futbolining farzandi deb ataydi. U bizning futbol madaniyatimizni baham ko'radigan insondir. Bizda hujumda ham, himoyada ham o'yinning aniq asosiy tamoyillari bor. Xavi jozibali futbol, yuqori pressing, ustunlik qiluvchi futbol o'yini va to'pga egalik qilishga doimiy intilishni o'zida mujassam etgan. Xavi biznikiga yaqin bo'lgan tamoyillarga amal qiladi. Shuning uchun bu to'g'ri tanlov deb o'ylayman", – dedi de Yong.
Keyinroq jurnalistlardan biri Xaviga savol berdi: "Gvardiola va Slotdan keyin ushbu lavozimga uchinchi nomzod ekaningizni bilish sizga qanday tuyulmoqda?"
"Men uchun bu juda katta sharaf - bu Niderlandiya. Bolaligimda Niderlandiya terma jamoasi o'yinlarini tomosha qilganimda, bu ajoyib futbol edi. Men ham shunday o'ynashni xohlayman. Bu mening maqsadim. Uchinchi yoki o'ninchi nomzod bo'lishimning men uchun farqi yo'q.
Gvardiola va Slotdan keyin bo'lish yomon poziciya emas, to'g'rimi? Kamida shohsupada", – dedi murabbiy va bu bilan jurnalistlarning kulishiga sabab bo'ldi.