
Yangi to'p musobaqaning umumiy bosqichi va pley-off bosqichi o'yinlarida ishlatiladi.
Ertaga, 27 avgust kuni barcha saralash o'yinlari yakunlangach, Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi hisoblanadi. Musobaqaning 2025/2026 yilgi mavsumi finalida Parij klubi Londonning "Arsenal" jamoasini mag'lub etgan edi (1:1, penaltilar bo'yicha 4:3). Turnirning ushbu mavsumdagi final bahsi 2027 yil 5 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahridagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.