25 avgustning eng muhim futbol uchrashuvlari

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 14:00
  • 18
  • 30

Bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston Superligasi, UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi, Ispaniya La Ligasi hamda Saudiya Arabistoni chempionati doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Superligasining 19-turida soat 19:00 da «Andijon» o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qiladi. Xuddi shu vaqtda «Surxon» — OKMK bahsi start oladi. Turning e’tiborli uchrashuvlaridan biri Samarqandda o‘tkaziladi — soat 20:00 da «Dinamo» «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi.

UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ham hal qiluvchi javob uchrashuvlari o‘tkaziladi. Soat 20:45 da «Sabah» — «Xapoel Beer-SHeva», 00:00 da esa LASK — «Seltik» va «Budyo-Glimt» — NEK bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinlarda Chempionlar ligasining liga bosqichi yo‘llanmalari uchun kurash kechadi.

Shuningdek, Ispaniya La Ligasida soat 00:00 da «Valensiya» «Betis»ni qabul qiladi.

Saudiya Arabistoni Premyer-ligasida esa soat 23:00 da «Al-Ittifoq» va «An-Nasr» o‘zaro to‘qnash keladi.

Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Ўхшаш янгиликлар