
Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda.
Birmingem klubi “rossoneri” bilan muzokaralar olib bormoqda va ehtimoliy transfer summasini muhokama qilmoqda. 27 yoshli portugaliyalik futbolchining o'zi ham o'tishga tayyor. Qayd etilishicha, vinger jamoadan ketishga har qachongidan ham yaqinroq.
Leau 2019 yildan buyon “Milan” sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 31 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.