Infantino: «Katta davlatlar va qolganlar o‘rtasidagi farqni qisqartirishimiz kerak»

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 14:00
  • 39
  • 30

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon futbolida kuchli mamlakatlar va qolgan terma jamoalar o‘rtasidagi farqni kamaytirish zarurligi haqida gapirdi. U FIFAning vazifasi barcha 211 a’zo assosiasiyada futbolni rivojlantirish ekanini ta’kidladi.

«Afsuski, ayrimlarga boshqalarning rivojlanishi kerak emas va ular buni istamaydi. Ammo biz juda katta futbol mamlakatlari bilan qolganlar o‘rtasidagi farqni qisqartirishimiz shart.

Qolgan mamlakatlar uchun investisiyalar, imkoniyatlar va resurslar topishimiz kerak. Biz so‘nggi o‘n yil davomida shuning ustida ishladik va kelajakda ham bu ishni davom ettiramiz», — dedi Infantino.

FIFA rahbari ayni paytda kichik va moliyaviy imkoniyatlari cheklangan futbol assosiasiyalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda. 

Ўхшаш янгиликлар