Gattuzo Italiyaning JCHga chiqa olmagani haqida: “Bu og'riq bir umrga qoladi. Manchiniga chin dildan muvaffaqiyat tilayman”

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 15:32
  • 602
  • 30

“Lacio” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasi boshqaruvida uning o'rnini egallagan Roberto Manchini haqida fikrini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, italiyaliklar Gattuzo qo'l ostida JCH-2026ga chiqa olishmadi va o'tish o'yinlari finalida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar bo'yicha - 1:4).

2.jpg

“Manchini - ulkan tajribaga ega ajoyib murabbiy. Milliy jamoa bilan ajoyib 10 oyni o'tkazdim va men shug'ullantirgan yigitlar bor kuchlarini berishdi.

Bu og'riq men bilan umrimning oxirigacha qoladi, chunki jarohat juda chuqur bo'ldi. Biz alohida vaziyatlar sababli Jahon chempionati saralashidan chiqib ketdik. Ammo baribir qandaydir yaxshi narsa yarata oldik va men ularga eng ezgu tilaklarni bildiraman. Ularga muvaffaqiyat tilayman, chunki mamlakatimiz futboliga aynan shu kerak.

Manchini - buyuk murabbiy, u milliy jamoa bilan allaqachon g'alaba qozongan [Evro-2020da] va albatta men chin yurakdan, hech bir soxtaliksiz unga faqat yaxshilik tilayman”, – dedi Gattuzo.

Ўхшаш янгиликлар