Rasman: “Yuventus” darvozabonini APL jamoasiga ijaraga berdi

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 16:24
  • 1344
  • 30

“Yuventus” darvozaboni Mikele Di Gregorio Angliya Premer-ligasi vakili “Bornmut”ga o'tdi.

“Olchalar” 29 yoshli italiyalik posbonni mavsum oxirigacha ijaraga olganini e'lon qildi. Avvalroq ingliz klubi darvozabonni bonuslarni hisobga olmaganda 14 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega bo'lishi haqida xabar berilgandi.

2.jpg

29 yoshli Di Gregorio o'tgan mavsum “Yuventus” safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol o'tkazib yuborgan va 17 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ўхшаш янгиликлар