
Milliy jamoamiz tarixda bir nechta o'yinlarini Toshkentdan tashqari viloyatlarda ham o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. Bu borada ilk yurish 1999 yil Mahmud Rahimov davrida amalga oshirilgan. O'sha davrda Mahmud Rahimov milliy jamoa bilan birga "Dinamo"ni ham boshqarardi. Shu tariqa mustaqillikdan keyingi ilk viloyatdagi o'yinga Samarqand mezbonlik qilgan. 1999 yil Malayziya va Ozarbayjonga qarshi o'yinlar "Dinamo" stadionida o'tkazilgan.
O'zbekiston – Malayziya – 3:0 (1:0)
11.07.1999. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 20 000 tomoshabin.
Bosh hakam: Rashid Aytekov (O'zbekiston).
Gollar: 1:0 – Nikolay Shirshov, 30, 2:0 – Davron Fayziev, 58, 3:0 – Mirjalol Qosimov, 61-penaltidan
O'zbekiston: Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov (Vitaliy Pochuev, 46), Rustam Shaymardanov, Mirjalol Qosimov (Asror Aliqulov, 70), Davron Fayziev, Leonid Koshelev (Gennadiy Sharipov, 62), Aleksandr Xvostunov, Nikolay Shirshov (Nikolay Sergienko, 64), Shuhrat Rahmonqulov, Vladimir Baranov (Anvar Berdiev, 46), Jafar Irismetov.
Ogohlantirishlar: Rajnihand Batumalay (12), Shuhrat Rahmonqulov (27), Vitaliy Pochuev (80).
Chetlatish: Shuhrat Rahmonqulov (50).

O'zbekiston – Ozarbayjon – 5:1 (3:0)
18.08.1999. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 10 000 tomoshabin.
Bosh hakam: G'ayrat Karimov (O'zbekiston).
Gollar: 1:0 – Ilhom Sharipov, 6-penaltidan, 2:0 – Maksim Shackix, 25, 3:0 – Maksim Shackix, 39, 3:1 – Zaur Tag'i-zoda, 47,4:1 – Maksim Shackix, 58, 5:1 – Vladimir Baranov, 83
O'zbekiston: Pavel Bugalo (Evgeniy Safonov, 46), Fevzi Davletov (Davron Fayziev, 61), Saydullo Tursunov, Abduqahhor Marifaliev (Sarvar Sharipov, 46), Sergey Lushchan, Ilhom Sharipov (Ravshan Mataliev, 66), Aleksandr Xvostunov, Nikolay Shirshov (Olim Tillyaev, 70), Ravshan Bozorov (Vladimir Baranov, 66), Maksim Shackix, Jafar Irismetov.
Ogohlantirish: Jahongir Hasanzoda.
O'sha yillarda O'FAda mablag' tomondan muammolar uchrardi. Shu bois o'yinlar asosan viloyatlarda, hokimliklar qo'llab-quvvatlovida tashkil qilinardi. Deylik bir vaqtni o'zida ham "Neftchi" ham O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi hisoblangan Yuriy Sarkisyan 2000 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida Farg'onada yig'in o'tkazgan va terma jamoa "Neftchi" bilan sinov-nazorat bahsida maydonga tushgan. Osiyo Kubogidagi natijamiz hammaga ma'lum. Lekin bu yig'in va nazorat o'yini hech qanday rasmiy maqomga ega bo'lmagan.

Rauf Inileev 2007 yil O'zbekiston terma jamoasini qabul qilib olgan va debyut uchrashuvini Ozarbayjonga qarshi o'tkazgan. Mazkur bellashuvda Qarshi shahri mezbonlik qilgan. Bahs 0:0 natijasi bilan yakunlangan.
O'zbekiston – Ozarbayjon – 0:0
07.02.2007. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 10 000 tomoshabin.
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston).
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov (Timur Jo'raev, 55), Baxtiyor Ashurmatov (Rustam A'zamov, 46), Kamoliddin Tadjiev, Ilhom Suyunov, Hikmat Hoshimov (Aleksey Klikunov, 73), Leonid Koshelev (Rustam Boqiev, 90), Aleksey Nikolaev, Pavel Solomin (Ulug'bek Baqoev, 46), Viktor Karpenko (Vladislav Kiryan, 66), Jafar Irismetov (Zafar Xolmurodov, 57), Islom Inomov.
Ogohlantirishlar: Baxtiyor Ashurmatov (32), Ulug'bek Baqaev (62), Islom Inomov (88), Vuqor Nadirov (89).

Oradan 7 yildan so'ng yana "oq bo'rilar" Toshkentdan tashqarida bu safar Olmaliqda raqibni qabul qildi. O'mon terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi ilk bor OKMK arenasida tashkil qilindi. Mazkur bahs vakillarimizning 0:1 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan.
O'rtoqlik uchrashuvi.
O'zbekiston – O'mon – 0:1
27.05.2014. Olmaliq. OKMK stadioni.
Gol: Ahmad Al Mahaijri 19.
O'zbekiston: Eldorbek Suyunov, Egor Krimec, Boburbek Yuldashev, Shuhrat Muhammadiev, Azimjon Ahmedov (Sardor Sobirxo'jaev, 72), Oleg Zoteev, Odil Ahmedov (Fozil Musaev, 54), Jamshid Iskanderov (Jasur Hasanov, 67), Sanjar Shoahmedov (Igor Sergeev, 54), Ivan Nagaev (Navro'zbek Alimov, 67), Husniddin G'ofurov (Sardor Rashidov, 46).

Keyinchalik oradagi tanaffus kattaroq bo'ldi. Endi 2021 yilga kelib O'zbekiston terma jamoasi Namanganda Gana B terma jamoasini mehmon qildi. O'yinda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g'alabani tantana qilgan.
O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - GANA - 2:1
26 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar: Dayirbek Abdildaev, Sergey Grishchenko, Ismoilxon Tolipjonov, Nurzutbek Askat o'g'li (barchasi Qirg'iziston).
Nazoratchi: Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).
Gollar: Otabek Shukurov 4, - 1:0. Issaku Abdul Fatavu 72, - 1:1. Jaloliddin Masharipov 76, - 2:1.
O'zbekiston: 1.Javohir Ilyosov, 3.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 4.Farruh Sayfiev (15.Murod Xolmuhammedov, 82), 5.Anzur Ismoilov, 21.Azim Ahmedov, 9.Odiljon Hamrobekov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 88), 19.Otabek Shukurov, 16.Oston O'runov (22.Javohir Sidiqov, 69), 10.Jaloliddin Masharipov (23.Hojimat Erkinov, 86), 7.Sardor Rashidov (8.Oybek Bozorov, 59), 14.Eldor Shomurodov (11.Igor Sergeev, 84).
Zaxira: 12.Abduvohid Ne'matov, 13.Sanjar Qodirqulov, 18.Sanjar Shoahmedov, .

2022 yil Namangan yana bir bor terma jamoa o'yinlarini o'zida qabul qilgan. "Navruz Cup" o'rtoqlik turniri doirasida Qirg'iston va Uganda terma jamoalari Srechko Katanets shogirdlariga raqiblik qilgan.
"Navruz cup-2022". Final.
O'zbekiston - Uganda 4:2
"Markaziy" stadion, Namangan
Bosh hakam: Sayyodjon Zayniddinov
Qanot hakamlari: Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev
Zaxira hakami: Nasrullo Kabirov
Gol: Jaloliddin Masharipov 35, 1:0, Eldor Shomurodov 39, 2:0, Faruku Miya 52 2:1, Eldor Shomurodov 56 3:1, Eldor Shomurodov 72, 4:1, Emmanuel Okvi 4:2
O'zbekiston: 12. O'tkir Yusupov, 13. Sherzod Narsullaev, 15. Umar Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov (3. Xojiakbar Alijonov, 80), 9. Odil Hamrobekov, 7. Otabek Shukurov, 18. Aziz Amonov (6. Sardor Sobirxo'jaev, 78), 10. Jaloliddin Masharipov ( 22. Oybek Bozorov, 90+1), 20. Xojimat Erkinov (17. Doston Hamdamov, 59), 14. Eldor Shomurodov (21. Igor Sergeev, 79)
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 16. Valijon Rahimov, 2. Islom Qobilov, 4. Farruh Sayfiev, 5. Rustam Ashurmatov, 11. Sherzod Temirov, 19. Aziz Turg'unboev
Ogohlantirish: Stiven Servadda (Uganda) 3, Emmanuel Okvi (Uganda) 45, Allan Kiyambat (Uganda) 61, Sardor Sobirxo'jaev (O'zbekiston) 85.