Rasman: Savino “Manchester Siti”dan “Tottenxem”ga o'tdi

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 14:48
  • 1011
  • 30

Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar qildi.

22 yoshli braziliyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma tafsilotlari oshkor qilinmagan. Avvalroq insayder Fabricio Romano transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 87 million evroni tashkil etishi haqida xabar bergandi.

2.jpg

Savino 2024 yilning yozida “Trua”dan “Manchester Siti”ga o'tgandi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali braziliyalikning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

APLning 1-turida “Tottenxem” safarda “Brentford”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2-turda esa londonliklar 29 avgust kuni o'z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi.

Ўхшаш янгиликлар