40 yoshli Xalk 15 ta o‘yindan iborat golsiz seriyasiga barham berdi

  • Mr.NoBoDy 27.07.2026 10:55
  • 40
  • 30

«Fluminense» forvardi Xalk Braziliya chempionatining «Gremio»ga qarshi o‘yinida (1:1) penaltini aniq amalga oshirdi.

40 yoshli braziliyalik futbolchi barcha turnirlardagi 15 ta o‘yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo‘ydi.

Xalk «Atletiko Mineyro»dagi 5 yillik faoliyatidan so‘ng shu yozda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan «Fluminense» safida ikkinchi o‘yinidayoq o‘zini ko‘rsatdi.

Joriy Braziliya chempionatining 14 ta bahsida hujumchi hisobida jami 2 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.

Ўхшаш янгиликлар