
Manba ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun taxminan 50–60 million evro taklif qilmoqchi.
Xabar qilinishicha, Rodri "Real"ga o'tishni xohlayotgani sababli "Manchester Siti"ning shartnomani uzaytirish bo'yicha taklifini rad etgan. Shu bilan birga, futbolchi Madrid klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgani aytilmoqda.
Endi "Real" transfer qiymati bo'yicha Angliya klubi bilan kelishib olishi kerak bo'ladi. "Manchester Siti" avvalroq jamoaning asosiy o'yinchilaridan birini olib qolishga umid qilayotgan edi.