
Avvalroq jurnalist Fabricio Romano futbolchi "Real" o'yinchisiga aylanishi va yaqin vaqt ichida Madrid klubida tibbiy ko'rikdan o'tishi haqida xabar bergan edi.
"Bugun oqshom "Pari Sen-Jermen" rasman o'z niyatlaridan voz kechdi va Yan Diomande bo'yicha barcha muzokaralarni to'xtatdi. So'ralayotgan transfer summasi, shuningdek maosh bo'yicha talablar mutlaqo nomutanosib edi va bozorni beqarorlashtirishi mumkin edi. PSJ o'zining qatiy moliyaviy boshqaruv va tarkib muvozanati principlaridan voz kechmaydi. Chempionlar ligasining ikki karra g'olibi va so'nggi yillarning eng sovrindor klubi bo'lmish "Pari Sen-Jermen" inflyacion o'yinlarga yoki ayrim vositachilarning nayranglariga uchib kyetmaydi. Klub transfer bozoridagi o'z strategiyasini xotirjam va ishonch bilan davom ettiradi", - deya Francuz klubining bayonotini "Marca" keltiradi.
Yakunlangan mavsumda Diomande barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.